— Menga odamlar yoqqan. Ular ko‘p jihatdan menga mos kelishardi, lekin buni sevgi deb atash qiyin edi.
— Unda seningcha sevgi nima?
Sariq sochli yigit biroz o‘ylanib qoldi, menga qaradi va gap boshladi:
— Menimcha, ko‘pchilik sevgi deganda qornida kapalaklar uchishini va shunga o‘xshash hislarni tushunadi. Bu ehtiros, kimyo. Aslida esa sevgi — munosabatlarning eng oxirgi bosqichi. Yaxshi munosabatlarning.
Barcha hissiyotlar bo‘ronidan, qiyinchiliklar va inqirozlardan, oddiy va zerikarli kundalik hayotdan keyin qoladigan narsa — shu sevgidir.
Hammasi mayda detallar ichida yashirin. Masalan, o‘zingizga qahva damlagani ketayotganingizda, kimdir ortingizdan:
— Menga ham damlab yubor! — deb qichqiradi.
Mana shu ham sevgi.
Sevgi — boshqa tuyg‘ularning yig‘indisi:
do‘stlik, g‘amxo‘rlik, e’tibor, noziklik, hamdardlik va albatta hurmat.
Hammasi birgalikda.
Sevgi hotirjam bo‘ladi. Unda hech qanday kapalaklar uchmaydi.
Shunchalik yosh bo‘lishiga qaramay, undagi donolik va hayotni tushunish qobiliyatidan hayratda qoldim. Rob aqlli, bilimdon yigit edi. Uning yonida o‘zimni g‘oyat xotirjam va iliq his qilardim.
(c)