Men – soribon, sen – yorijon,
ohistamas, kelgin shitob!
Oromijon ko‘zlaringda
o‘qib ketgum gulgun kitob.
Bozorida iymon yitgay,
mozorida bitgay itob,
men bitmoqqa tayyor, ammo
sen-chi, ishqdan bitasanmi?
Yig‘laysanmi, kulasanmi,
kuyib-kuyib o‘tasanmi?!